Asosiy kontentga o‘tish
OHANGARON GES

Ohangaron suv ombori: barqarorlik va xavfsizlik

Nashr qilingan:Filial hayoti

Loyihaviy sig‘im 200 mln m³, foydali sig‘im 188,4 mln m³. Suv ombori yiliga 68 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi.

Ohangaron tumanida joylashgan Ohangaron suv ombori gidroenergetika tizimining strategik inshootlaridan biri. Asosiy suv manbai — Ohangaron daryosi. Suv omborining loyihaviy sig‘imi 200 mln m³, shundan 188,4 mln m³ foydali sig‘im; yillik o‘rtacha oqim — 740 mln m³.

Suv ombori umumiy quvvati 21,3 MVt bo‘lgan yirik va mikroGESlarni suv bilan ta’minlaydi, ular yiliga 68 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, qariyb 85 ming xonadonni ta’minlashga hissa qo‘shadi.

To‘g‘on va suv omborining texnik holati doimiy nazoratda: nazorat-o‘lchov qurilmalari ma’lumotlari kunlik tahlil qilinadi, barcha ko‘rsatkichlar me’yoriy parametrlar doirasida.

Manba: “O‘zbekgidroenergo” AJ Telegram kanali