
Gidrouzel tarkibida Ohangaron GES (21 MVt), Ohangaron kichik GES (2,5 MVt) va Ertoshsoy GES (2,03 MVt) faoliyat yuritmoqda.
Prezidentning 2026-yil 1-maydagi PQ–163-son qarori ijrosi doirasida gidroenergetika sohasini rivojlantirish va “yashil energetika” ulushini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Bugungi kunda Ohangaron GESining umumiy o‘rnatilgan quvvati 25,53 MVtni tashkil etadi. Gidrouzel tarkibiga quyidagi obyektlar kiradi:
- Ohangaron GES — 21 MVt;
- Ohangaron kichik GES — 2,5 MVt;
- Ertoshsoy GES — 2,03 MVt.
Ohangaron daryosi yuqori tabiiy bosimi va barqaror suv oqimi bilan viloyat gidrosalohiyatidan samarali foydalanishda muhim o‘rin tutadi.