Asosiy kontentga o‘tish
OHANGARON GES

Boshqaruv raisi Ohangaron GES va suv omborida bo‘ldi

Nashr qilingan:Filial hayoti

Islom Abduraxmonov stansiyaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, uskunalar holati va suv omborining xavfsizligini joyida o‘rgandi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov Ohangaron GESda ishlab chiqarish jarayonlari va texnik ekspluatatsiya holatini joyida o‘rgandi. Gidroagregatlarning yuklama ostidagi ishlash rejimlari, transformator xo‘jaligi, rele himoyasi va avtomatika, dispetcherlik boshqaruvi hamda raqamli monitoring vositalari ko‘zdan kechirildi. Ohangaron va Ohangaron kichik GES faoliyatining o‘zaro muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu kuni Ohangaron suv omborida ham kompleks texnik ko‘rik o‘tkazildi: to‘g‘onning barqarorligi, filtratsiya va drenaj tizimlari, suv oqizish va suv qabul qilish inshootlari, nazorat-o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari tahlil qilindi (batafsil).

Yakunda xavfsiz va barqaror ishlashni mustahkamlash, raqamli boshqaruv va monitoringni kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Manba: “O‘zbekgidroenergo” AJ Telegram kanali