
Filial xodimlari Ohangaron suv ombori va GES atrofini maishiy chiqindilardan tozaladi.
Ohangaron GES xodimlari “Ona tabiatni asrang!” shiori ostida ekologik aksiya — tozalik chellenjini tashkil etdi. Ohangaron suv ombori va gidroelektr stansiya atrofi fuqarolar tashlab ketgan maishiy chiqindilardan tozalandi.
GES va suv omborlari hududlarida tozalash, obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish ishlari muntazam olib boriladi.