
Suv chiqarish inshootini ta’mirlash, pyezometrlar va GPS monitoring tizimlarini o‘rnatish vazifasi belgilandi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov rahbarligida tizim suv omborlaridagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Andijon, Ohangaron, Hisorak, To‘polang va Chorvoq suv omborlaridagi masalalar muhokama qilindi.
Ohangaron suv ombori bo‘yicha suv chiqarish inshootini ta’mirlash, pyezometrlar va GPS monitoring tizimlarini o‘rnatish hamda drenaj tizimlarining texnik holatini chuqur o‘rganish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Barcha vazifalar uchun mas’ullar va ijro muddatlari belgilandi.