Asosiy kontentga o‘tish
OHANGARON GES

Ohangaronda 2,5 MVt quvvatli kichik GES ishga tushdi

Nashr qilingan:Filial hayoti

To‘liq avtomatlashtirilgan kichik GES Angren va Ohangaron tumanidagi 2 800 xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Loyiha doirasida 2,5 MVt quvvatga ega yangi, yuqori samarador gidroagregatlar o‘rnatilib, inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy qilindi.

Kichik GES Angren shahrining “Jigariston” va Ohangaron tumanining “Chinor” mahallalaridagi 2 800 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Bugungi kunda u Ohangaron GES gidrouzeli tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Manba: Energetika vazirligi