
Obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari amalda ishlab chiqildi.
“Ohangaron GES” filialida gidroenergetika obyektlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda rahbariyat va qutqaruv tuzilmalarining harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tezkor qaror qabul qilish, xodimlar va texnikani xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda qutqaruv bo‘linmalari bilan hamkorlik tartiblari amalda mashq qilindi.